Fond haqida
O‘zbekiston ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi — ijodiy uyushmalar va ijodkorlarga moliyaviy, tashkiliy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatuvchi nodavlat notijorat tashkilot.
Ijodkor mehnatini qadrlash — fondimizning asosiy vazifasi
Biz ijodiy uyushmalar faoliyatini barqaror moliyalashtirish, ijodkorlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va yosh iste’dodlarni kashf etish orqali milliy madaniyatimiz rivojiga hissa qo‘shamiz.
Fond musiqa, teatr, kino, jurnalistika va tasviriy san’at sohalarida faoliyat yuritayotgan uyushmalar bilan hamkorlikda tadbirlar, seminarlar, nashrlar va ijodiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi.
«Ijodni qo‘llab-quvvatlash — avvalo, ijodkor mehnatini qadrlashdan boshlanadi.»
Asosiy maqsadlar
Qo‘llab-quvvatlash
Ijodiy uyushmalar faoliyatini moliyaviy va tashkiliy jihatdan barqaror ta’minlash.
Yosh iste’dodlar
Iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ustozlar bilan ishlash va o‘zini namoyon qilish imkonini berish.
Ijtimoiy himoya
Ijod faxriylari va ustozlarni e’zozlash, ularning ijtimoiy ahvolini yaxshilash.
Targ‘ibot
Milliy adabiyot va san’atni keng jamoatchilikka targ‘ib qilish, madaniy-ma’rifiy tadbirlar.
Fond faoliyatining asosiy bosqichlari
2017-yildan buyon fond ijodiy tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirib bormoqda.
Fond tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-avgustdagi PQ-3184-son qarori bilan «Ilhom» jamoat fondi tashkil etildi.
Hamkorlik kengaydi namuna
Jurnalistlar, Kompozitorlar va bastakorlar, Teatr va Kino arboblari uyushmalari hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi fond ko‘magidagi tashkilotlarga aylandi.
Yangi rahbariyat, yangi tashabbuslar
Fondning yangi rahbari tashabbusi bilan uyushmalardagi moliyaviy masalalar hal etila boshlandi, dramaturgiya darslari va «Ijodimiz senga, Vatan!» turkumi yo‘lga qo‘yildi.
Fond rahbari

Maxmudov Oybek Alimjon o‘g‘li
- Fuqarolarni qabul qilishPayshanba, 16:00–18:00
- Telefon+998 71 239-44-87, +998 99 827-21-33
- ManzilToshkent sh., Bunyodkor ko‘chasi, Adiblar xiyoboni, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi binosi
- Qabulga yozilishOnlayn murojaat orqali
Tarjimai hol
1994-yil 21-iyunda Andijon viloyatining Andijon shahrida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. Partiyasiz.
Ma’lumoti oliy. 2016-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavriat bosqichini, 2018-yilda mazkur universitetning magistratura bosqichini tamomlagan.
Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — bank ishi (bakalavr), davlat moliyasini boshqarish (magistr).
Mehnat faoliyati
- 2018–2019O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi Amaliyot boshqarmasining Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatga olish va narx monitoringi bo‘limi 1-toifali inspektori
- 2019O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi Amaliyot boshqarmasining Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi 1-toifali inspektori
- 2019–2020O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi Davlat xaridlarini rivojlantirish va monitoringi boshqarmasining Byudjet buyurtmachilari tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlarini rivojlantirish va monitoringi bo‘limi yetakchi inspektori
- 2020–2023O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi Davlat xaridlari departamenti Davlat xaridlarini rivojlantirish va monitoringi boshqarmasining Byudjet buyurtmachilari tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlari monitoringi bo‘limi bosh inspektori
- 2023–2024O‘zbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Bosh amaliyotlar boshqarmasi Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamentining Xaridlarni tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisi
- 2024–2026O‘zbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Bosh amaliyotlar boshqarmasi Ma’muriy-xo‘jalik departamentining Xaridlarni tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisi
- 2026 — h. v.O‘zbekiston ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash «Ilhom» jamoat fondi ijrochi direktori
Boshqaruv tuzilmasi namuna
Fondning tashkiliy tuzilmasi (tasdiqlangan tuzilma asosida yangilanadi).
Me’yoriy hujjatlar va hisobotlar
Fond faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlovchi hujjatlar.