Grantlar va tanlovlar

Ijodiy loyihangizni amalga oshirish uchun fond grantiga ariza topshiring. Barcha tanlovlar ochiq va shaffof tartibda o‘tkaziladi.

Tartib

Ariza qanday topshiriladi?

Nizom bilan tanishing

Tanlov shartlari, talablar va baholash mezonlarini o‘qib chiqing.

Hujjatlarni tayyorlang

Loyiha tavsifi, xarajatlar smetasi va ijodiy portfolioni tayyorlang.

Onlayn yuboring

Murojaat formasida «Grant» mavzusini tanlab, hujjatlarni biriktiring.

Natijani kuting

Natijalar saytda va Telegram kanalimizda e’lon qilinadi.

Savol-javob

Ko‘p beriladigan savollar

Javob topa olmadingizmi? Bizga yozing.

Savol yuborish
Kimlar grantga ariza topshirishi mumkin?

Fond ko‘magidagi uyushmalar a’zolari, ijodiy guruhlar va tanlov nizomida ko‘rsatilgan toifadagi ijodkorlar ariza topshirishi mumkin.

Arizani qanday shaklda yuborish kerak?

«Bog‘lanish» sahifasidagi onlayn forma orqali. Loyiha tavsifini PDF, DOC yoki DOCX formatida (10 MB gacha) biriktiring.

Arizalar qancha muddatda ko‘rib chiqiladi?

Qabul muddati tugaganidan so‘ng ekspertlar arizalarni tanlov nizomida belgilangan muddatda ko‘rib chiqadi va natijalar e’lon qilinadi.

Bir vaqtda bir nechta tanlovda qatnashish mumkinmi?

Ha, agar loyihalar turli bo‘lsa va har bir tanlov nizomi bunga ruxsat bersa.

Grant mablag‘i qanday hisobot qilinadi?

G‘oliblar bilan shartnoma tuziladi, mablag‘ sarfi va loyiha natijalari bo‘yicha hisobot shartnomada belgilangan tartibda topshiriladi.